18:53 / 07.04.2022
3 999

Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga qat’iy topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga qat’iy topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida Bosh prokuraturaga yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishni topshirgan.

Yig‘ilishda Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sement korxonalari yo‘qligi uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» ushbu viloyatlarda yo‘l qurish uchun temir yo‘l orqali sement va shag‘al tashishga 50 foiz chegirma beradigan bo‘lgan.

Shuningdek, yo‘l klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 maydan boshlab yil yakuniga qadar import qilinayotgan sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. Mazkur ishlarga qo‘shimcha 500 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qayd etilishicha, joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan 80 million, kelgusi yilda bu ishlarni kengaytirish uchun 200 million dollar mablag‘ jalb qilish choralari ko‘riladi.

Poytaxtda ham 250 kilometr sement-beton qoplamali yo‘llar quriladi. Bu ishlar uchun Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion so‘mga yana 200 milliard so‘m yo‘naltiradi.

Bulardan tashqari, 2022 yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish reja qilingani, ular ham sement-betondan bo‘ladi.

Mart oyida 25 kun davom etgan yog‘ingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan, shu bois davlat rahbari ushbu yo‘laklarni loyihalashda lotoklar qurishga ham alohida e’tibor qaratish kerakligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga qat’iy topshiriq berdi