22:57 / 08.04.2022
1 981

Komil Allamjonov va taniqli jurnalist o‘rtasida katta mojaro chiqdi

Komil Allamjonov va taniqli jurnalist o‘rtasida katta mojaro chiqdi
Mass-mediani rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov taniqli mustaqil jurnalist Sergey Yejkov ustidan huquqni muhofaza qilish organiga ariza bergan. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.

Gap shundaki, shu yilning 21 fevral kuni Sergey Yejkov Uzmetronom.com saytida «Brilliantoviy malchik» sarlavhasi ostida maqola e’lon qilgan. Unda Komil Allamjonov 4,2 mln. dollarlik tilla taqinchoqlar O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishida sherikchilikda ayblangan.

Allamjonovga ko‘ra, Yejkov unga tuhmat qilgan va Jinoyat kodeksining 182-moddasi «Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish» kabi og‘ir jinoyatni sodir etishda ayblagan.

«Xabaringiz bo‘lsa, shu yilning 21 fevral kuni Sergey Yejkov o‘zining Uzmetronom.com saytida "Brilliantoviy malchik" sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi. Unda meni 4 mln 200 ming dollarlik tilla taqinchoqlarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishda sherikchilikda ayblagan. Bu juda jiddiy ayblov — bu Jinoyat kodeksining 182-moddasi “Bojxona to‘g‘risidagi qonunlarni buzish” og‘ir jinoyatini sodir etish. Vaholanki, bu g‘irt tuhmat va to‘qima ertakning o‘zginasi.

Yejkov bilan shaxsan tanish emasman, lekin 2016 yilga qadar odamlar orasida u go‘yoki ayrim maxsus xizmatlarning buyurtmalarini bajarib kelgan, ma’lum shaxslarning obro‘siga putur yetkazish quroli sifatida ishlatib kelingan, degan gaplar yuradi. Bu gap-so‘zlarning rost yoki yolg‘onligini bilmayman, bu safar ham buyurtma bor yoki yo‘q ekanini endi tergov aniqlaydi.

Tahlil qilib ko‘rsam, 2009 yildan shu kungacha ushbu saytda “Allamjonov” mavzusi bo‘yicha 30 dan ortiq tanqidiy material e’lon qilingan. Shu paytgacha indamadim. Chunki men hamisha so‘z erkinligi va matbuot erkinligi tarafdori bo‘lganman, bu yo‘lda kurashganman, haliyam kurashyapman. Biroq har bitta tanqid faktlarga asoslangan bo‘lishi kerak.

Shu paytga qadar 30ta maqolaga indamadim, lekin oxirgisi o‘tib tushdi. Endi oshirib yubordi. Gap mening obro‘yim va reputatsiyam haqida ketar ekan, men jim qarab tura olmayman. Bu — so‘z erkinligi ham, jurnalistika ham emas. Bu matbuot nomli instrumentdan jirkanch maqsadlar yo‘lida foydalanish hisoblanadi. Biz bunday so‘z erkinligiga qarshimiz. Shuning uchun men, advokat bilan maslahatlashgan holda, o‘z haq-huquqimni himoya kilish maqsadida Sergey Yejkov ustidan arz qilib, huquqni muhofaza kiluvchi organlarga murojaat qildim. Huquqshunoslarning ta’kidlashicha, agar Yejkov o‘z maqolasida ko‘rsatgan holat bo‘yicha dalil-isbot keltira olmasa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin va u qonun oldida javob berishi lozim bo‘ladi.

Hammasini qonun va sud hal qilishi kerak. Men barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorman
», deb yozgan u.

Allamjonovning aytishicha, agar Yejkov o‘z maqolasida ko‘rsatgan holat bo‘yicha dalil keltira olmasa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 3-qismi «a» bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov va taniqli jurnalist o‘rtasida katta mojaro chiqdi