Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 2021 yilning 20 oktabr kuni 9 oylik chaqaloqni o‘ldirgan o‘gay otaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, chaqaloq B.M. ismli erkakning ikkinchi turmushdagi ayolining bolasi bo‘lgan.
«Xotinim ishga deb uydan chiqib ketdi. Kechgacha kutdim, kelmadi. Ertasiga ham kelmadi. Asabim chiqib ketdi, bir otib yubordim (chaqaloqni — tahr.), so‘ng yana belanchagiga solib qo‘ydim», — degan erkak voqea tafsilotlari haqida gapirib.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumaning tanasida ko‘krak qafasi chap lunj sohasida qontalashlar, kalla yumshoq to‘qimasida, bosh miya pardalari osti to‘qimasi va qorinchalarida qon quyilish jarohatlari aniqlangan.
Sudda erkakning aybiga chin dildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani va ayolining undan da’vosi yo‘qligi inobatga olinib, hukm o‘qilgan. Sudlanuvchi B.M. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v,j» bandlarida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi