20:00 / 09.04.2022
1 576

Buxoroda 43 yoshli hamshira o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Buxoroda 43 yoshli hamshira o‘g‘rilikka qo‘l urdi
Buxoro shahrida 43 yoshli hamshira bozor sotuvchilari sumkasini olib, ularning pulini o‘g‘irladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahridagi «Markaziy dehqon bozori»da savdo qiluvchi 1968 yilda tug‘ilgan sotuvchi H.S. shahar IIBga murojaat qilib, ichida 500 dollar va 1,5 million so‘m pullari bo‘lgan ayollar sumkasini, 1983 yilda tug‘ilgan K.Z. esa ichida 100 dollar va 4,5 million so‘m pullari bo‘lgan sumkasi yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas, tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Jondor tumani Mahmud Tarobiy mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, hamshira X.D. sodir qilgani aniqlanib, undan pul va boshqa ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Hozirda ushbu ayolga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa shu va shunga o‘xshash jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 43 yoshli hamshira o‘g‘rilikka qo‘l urdi