
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xonqa tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda ATB «Qishloqqurilishbank» Xonqa filialining katta kassir-nazoratchisi E.K. fuqarolar S. va N.ga Urganch shaharda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 2 tasini tanishlari yordamida subsidiya asosida 20 yillik ipoteka krediti orqali olib berishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 30 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar