Noma’lum shaxs tezyurar poyezddagi 9 yoshli bolaning boshini yordi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»
10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otildi.
Ushbu voqea soat 22:25 da «Oltiariq – Marg‘ilon» uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.
«Poyezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. Soat 22:32 da «Marg‘ilon» temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi», deyiladi O‘zbekiston temir yo‘llari xabarida.
Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0
…