Fotokollaj: “Daryo”
Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalari buzilishini nazorat qilishga kelgan Samarqand IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ydi. Bloger Maqsud Muzaffarov talabi bilan qoidabuzar inspektorga maʼmuriy bayonnoma tuzildi.
“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan bloger Maqsud Muzaffarov voqea 2022 yilning 30 mart kuni sodir bo‘lganini aytmoqda.
Blogerning aytishicha, Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori Shavkat Zayniyev hamkasblari bilan birga Qashqadaryo viloyatiga safarbar qilinib, hududda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilishining oldini olishni maqsad qilgan.
“Daryo” Samarqand viloyat IIB YHXB xodimlarining Qashqadaryoga yuborilishi sababiga aniqlik kiritish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Aziz Murodov bilan bog‘landi.
Aziz Murodov ayni paytda davolanishda ekanini aytib, Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari telefon raqamini berdi. Biroq masʼul bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.
Bloger Maqsud Muzaffarov YPX xodimi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi)da nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etganini, buning uchun xodimga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solinishi kerakligini aytmoqda.
«Telegram‘dagi bot orqali xodimga qancha jarima tuzilganini ham bildim. Davlat raqami 30 920 VSF bo‘lgan avtomobil haydovchisi Shavkat Zayniyevga maʼmuriy bayonnoma tuzilib, 540 ming so‘m jarima yozilgan. YPX xodimi mazkur jarimani 2022 yilning 14 martiga qadar to‘lasa, jarimaning 70 foizini to‘lab qutuladi. Agar shu muddat ichida to‘lamasa YPX inspektori 540 ming so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘ladi», — deydi bloger.
Bloger Maqsud Muzaffarov avvalroq internetda YPX xodimining savodsizligini isbotlab berishi bilan tanilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi