Jizzax viloyati prokuraturasi mavjud sun’iy baliqchilik havzalarida prezident qarori ijrosi yuzasidan tekshirish o‘tkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining tegishli qarori bilan «M.P» xususiy korxonasiga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy havza yaratish uchun jami 20 gektar suvli yer maydoni ijaraga ajratilgan.
Tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan monitoring ishlari o‘tkazilmagani oqibatida korxona rahbari o‘ziga ajratilgan yerdan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 48 ball bonitetiga ega jami 9 gektar yer maydonini noqonuniy egallab, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,4 mlrd. so‘m miqdorda zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda «M.P» xususiy korxona rahbariga nisbatan 192-11-moddasi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi