
Shavkat Mirziyoyev huzurida 12 aprel kuni farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida mamlakatda dori vositalari ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgan. Bu borada yanvarda besh yillik dastur ham qabul qilingan.
«Lekin sohada ishlarning bugungi holati bilan bu marralarga erishib bo‘lmaydi», — deydi davlat rahbari.
Mamlakatda yiliga 1,6 milliard dollarlik 1,5 mingdan ziyod turdagi farmatsevtika mahsulotlari iste’mol qilinadi. Shundan 647 turdagi dori va tibbiy buyumlar o‘zimizda ishlab chiqarilgani bilan, har yili qariyb 1,2 milliard dollarlik mahsulotlar import qilinmoqda. Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Buxoro va Farg‘onada iste’mol qilinadigan dorining atigi 2—5 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
«Hududlarni dori vositalari bilan ta’minlanganini tahlil qildim — bu mutlaqo qoniqarsiz. Shuning uchun o‘zimizda ishlab chiqarilgan dori vositalarini ko‘paytirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rishimiz shart», — degan prezident.
FarmatsevtikaDori VositalariRivojlantirish Bo‘yichaPrezident Yig‘ilishiO‘zbekiston TaraqqiyotIshlab Chiqarish Vazifasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar