Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasida tizimda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar ishtirokida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga taniqli diniy ulamo Shukurullo domla Egamberdiyev taklif etildi.
Muloqot avvalida Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Otabek Salmanov davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda tizimga ulkan ishonch bildirilib, sud hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilayotgani, biroq mas’uliyatni his etmay majburiyatlarini esdan chiqarib, jinoyatga qo‘l urgan hamda xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmay, sustkashlikka yo‘l qo‘yish holatlari Byuro organlari nufuziga putur yetkazayotganini taassuf bilan ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda Shukurullo domla Egamberdiyev so‘z olib, soha xodimlari sharafli va mas’uliyatli kasb egalari ekanliklariga urg‘u berish asnosida “mas’uliyat”, “mas’ul” so‘zlari arabchadan tarjima qilinganda, savol-javobi ko‘p, ko‘p so‘raluvchi, ma’nolariga ega ekanini ta’kidladi. Ya’ni har bir inson hayoti, bosayotgan har qadami, unga topshirilgan ishlar borasida oxiratda javobgarlik muqarrarligini qayd etdi.
Jumladan, “Payg‘ambarimiz rasululloh s.a.v.ning shunday hadislari bor: Alloh o‘ziga topshirilgan ishni ham go‘zal, ham puxta bajaradigan insonlarni yaxshi ko‘radi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, o‘z ishiga mas’uliyatsiz insonlarni Alloh yomon ko‘radi”, deydi Shukurullo domla Egamberdiyev.
Qayd etildiki, ishiga befarqlik, sovuqqonlik va mas’uliyatsizlik bilan yondashish va buning ortidan maosh olish harom luqma sanaladi.
Shuningdek, insonni xor qiluvchi uchta omil borki, bular birovning haqini yeyish, kibrga hamda zinoga berilishdir, deb ta’kidlandi. Zotan, o‘zganing haqini yeyish og‘ir gunoh, nainki bu dunyoda, oxiratda ham javobgarligi qattiq bo‘ladi.
Shukurullo domla Egamberdiyev o‘z ma’ruzasida tamagirlik haqida ham to‘xtalib, bu illat jamiyatni va tizimni bulg‘ashi xususida hayotiy misollar asosida so‘z yuritdi.
E’tirof etish kerak, mazkur tadbirdan Byuro xodimlari o‘zlari uchun katta ma’naviy ozuqa oldilar.
Boshqarma boshlig‘i tadbir so‘ngida tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar ushbu ma’ruzadan xulosa chiqarishi, xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishi, tamagirlikka yo‘l qo‘ymasligiga ishonch bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi