08:50 / 13.04.2022
1 099

Dehqonobodda ov qurolini 2 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

Dehqonobodda ov qurolini 2 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro ov qurolini sotishga uringan paytda tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Dehqonobod—Bog‘chorbog‘ yo‘li yoqasida 1 dona 1 nilli 16 kalibrli «Ijevskiy» zavodida ishlab chiqarilgan «Ij-17» rusumli o‘qotar ov qurolni 2 million so‘mga shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan 2022 yilning 10 aprel kuni tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqonobodda ov qurolini 2 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi