
Foto: Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kilolik chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ona va chaqaloqning sog‘lig‘i yaxshi. Ularga shifokor va hamshiralar belgilangan tartibda yordam ko‘rsatmoqda. Chaqaloq kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keltirilgan.
«Bu kabi chaqaloqlar Sirdaryo viloyat tarixida birinchi bor tug‘ilishi. Uni dunyoga keltirgan ona asli Sirdaryo tumanidan bo‘lib, 1998 yilda tug‘ilgan. Gigant qizaloq esa uning birinchi farzandi hisoblanadi», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar