10:18 / 14.04.2022
1 270

«Yangi tartib» doirasida ipoteka kreditlari: qaysi bankda va qancha muddatga olish mumkin?

«Yangi tartib» doirasida ipoteka kreditlari: qaysi bankda va qancha muddatga olish mumkin?
2021 yilning oxirida O‘zbekistonda «yangi tartib» doirasidagi ipoteka shartlariga o‘zgartirish kiritilgan edi. «Daryo» ularning qisqacha ma’lumotini taqdim qiladi.

Qayerdan olish mumkin?
Kreditlar quyidagi 12 ta bank tomonidan ajratilmoqda:
«Milliy bank»;
«O‘zsanoatqurilishbank»;
«Ipoteka bank»;
«Xalq banki»;
«Turon bank»;
«Aloqa bank»;
«Qishloqqurilishbank»;
«Agrobank»;
«Hamkorbank»;
«Asakabank»;
«OFB bank»;
«Mikrokreditbank»;

Muddat, foiz va pul miqdori
Kredit muddati — 20 yil. Asosiy stavka ko‘tarilganidan keyin yillik stavka 17-18 foiz bo‘ldi.

Kreditning eng ko‘p miqdori viloyatlarda 327,25 mln so‘mgacha bo‘lsa, Toshkent shahrida 416,5 mln so‘mgacha etib belgilangan.

Shuningdek, ayrim hollarda budjet mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanadi. Bunda dastlabki badalni bir qismini qoplash uchun 32 mln so‘m to‘lab berilishi mumkin.

Ikkinchi holatda yillik foiz stavkasining 10 foizdan oshgan qismi birinchi besh yil davomida qoplanadi.

Subsidiyalar
Subsidiyalar to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p me’yori belgilanmaydi.

Dastlabki badal va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun subsidiya sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi.

Subsidiya taqdim etiladigan shaxslarga xabarnomalar yuboriladi. Xabarnoma olganlar boshlang‘ich badal uchun uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi.

Subsidiya taqdim etish uchun xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi. Subsidiyasiz ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalari o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yangi tartib» doirasida ipoteka kreditlari: qaysi bankda va qancha muddatga olish mumkin?