12:00 / 14.04.2022
1 320

Surxondaryoda er ayoli va qaynonasi joniga qasd qildi

Surxondaryoda er ayoli va qaynonasi joniga qasd qildi
2022 yilning 6 aprel kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ayol va uning qizi jasadlari yashash uyi xonasidan qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sariosiyo tumani Toqchiyon mahallasida ro‘yxatda turgan, ammo Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi S.N. Rossiya davlatiga ishlashga ketib, turmush o‘rtog‘i Z.M. unga xiyonat qilib kelganligini bilib, shu yili yanvar oyida qaytib keladi.

Kelishi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini o‘zi bilan olib qolib, turmush o‘rtog‘ini u bilan ajrashish maqsadida, uydan chiqarib yuboradi. Shundan so‘ng, er-xotin o‘rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlanadi.

Erkak ayoli Z.M.ga o‘g‘li A.ni ko‘rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanligini aytib, o‘zining avtomashinasida Z.M.ning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan yashash uyiga boradi.

Shundan so‘ng, o‘g‘lini qaynonasi X.X. va turmush o‘rtog‘i Z.M. bilan uchrashtiradi. Keyin, o‘g‘li A.ni avtomashina ichiga qo‘yib, qaynonasi va xotinini uxlashini kutib, o‘ziga qulay vaqt paydo bo‘lganidan so‘ng, yashash uyiga kiradi va ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X.ni va Z.M.ni bo‘yin qismiga o‘tkir kesib-sanchuvchi jism bilan tan jarohati yetkazadi. Ular ko‘p qon yo‘qotish natijasida voqea joyida vafot etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda er ayoli va qaynonasi joniga qasd qildi