2022 yilning 13 aprel kuni tungi soat 00:30 larda 34 yoshli K.A. Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Bo‘stonliq dehqon bozori» hududidagi novvoyxonasi oldida tanishlari 22 yoshli A.P. va 26 yoshli A.F.lar bilan o‘zaro janjallashib qoladi.
Janjal davomida K.A. novvoyxonada bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan A.F.ning chap qorin sohasini orqa tomoniga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Natijasida A.F. olgan tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, A.F.ning tanasida «chap qorin sohasi orqa qismida sanchib kirgan jarohati, qovurg‘a va qovurg‘alararo qon tomirlar shikastlanishi, ingichka ichak sanchib kesib o‘tgan jarohati, gepertaniya, postgemorragik 2-darajali shok» jarohatlari borligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"