08:43 / 16.04.2022
1 172

Moliyaviy piramida orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlandi

Moliyaviy piramida orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkentda moliyaviy piramida tashkil qiligan «Realnaya Investitsiya» MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda «Fakt 24» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qilib, fuqarolarning ishonchiga kirgan va ularning shaxsiy mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirib kelgan mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Xususan, muqaddam sudlangan shaxs (1995 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) 2020 yilda Toshkent shahrida «Realnaya Investitsiya» MCHJni tashkil etgan. Mijozlar topish maqsadida Telegram messenjerida hamda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida guruh ochib, targ‘ibot ishlari olib borgan.

Jamiyat rahbari mijozlardan 15 ming dollardan 200 ming dollargacha bo‘lgan miqdorda pul mablag‘larini qabul qilib olgan. Ularga har oyda kamida 10 foizdan foyda berishni va’da qilib, ushbu foydani yangi jalb qilingan fuqarolarning pul mablag‘lari hisobidan to‘lab kelgan.

Jamiyat rahbarining aytishicha, u faoliyati davomida 500 tadan ortiq fuqaro bilan oldi-berdi qilgan va bugungi kunda 2,5—3 million dollar atrofida qarzi bor. U noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarini bir nechta ko‘chmas mulklar va qimmatbaho avtomashinalar xarid qilish orqali legallashtirgan.

Hozirda holat yuzasidan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moliyaviy piramida orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlandi