23:30 / 16.04.2022
1 553

«Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Menda ko‘p ma’lumot bor» — Shavkat Mirziyoyev

«Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Menda ko‘p ma’lumot bor» — Shavkat Mirziyoyev
Biznes loyihalariga kredit berish uchun qo‘shimcha 500 million dollar ajratilayotgani bankchilar zimmasidagi katta mas’uliyat. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi. Ushbu holat «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Tekshiruvlarning haddan ortiq ko‘payib ketayotganligini tahlil qilgan prezident asossiz ravishda tadbirkorga xalaqit berishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.

«Eng yuqori — Toshkent shahar hokimi, o‘zi tadbirkor bo‘lsa ham, 11 mingta tekshirish tashkil qilgan. Surxondaryoda 6 mingta, 3 baravarga ko‘paytirgan Bobolov. Toshkent viloyati 1,5 baravarga ortib 8 mingtaga, Farg‘onada 1,6 baravar ortib 7 mingtaga ko‘paygan. Toshkent shahar hokimi, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyati hokimlari bir hafta muddatda tadbirkorlar bilan uchrashib, yechimini, aytilgan gaplarini yozib olib menga beradi. Kafolat berasan tadbikorlarga. Qaror qabul qilinadi, tadbikorlik faoliyatiga asossiz aralashuvning oldini olish uchun endi 22 turdagi tekshiruv faqat va faqat biznes-ombudsmanning ruxsati bilan amalga oshiriladi», — deydi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari, ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli ekanligini ta’kidladi.

«Infrastrukturaga javob beradigan — gaz, ‘svet’ va hokazo, o‘shalar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Menda ko‘p ma’lumot bor. Shuncha qiynalib topgan pulimizni halollik bilan xalqimizga yetkazish bo‘yicha harakat qilyapmiz, lekin yo‘limizda yer berish, yer olish, yer sotish bo‘lyapti. Bilasizlarmi, bu narsalarni eshitish menga qanday alam qiladi?», — deydi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Banklar juda katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanyapti. Menda ko‘p ma’lumot bor» — Shavkat Mirziyoyev