Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Suriyadagi «Katibatul Tavhid va Jihod» xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari tomonidan ochilgan «virtual guruh»ga a’zo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar ushlandi.
Ushbu fuqarolar, Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtirok etib kelishgan va ma’lum muddat ichida ulardan 2 nafari (2001 yilda tug‘ilgan M.O. va 2002 yilda tug‘ilgan M.M.) radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishgan. Yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.
To‘plangan ashyoviy dalillar asosida, O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi