10:30 / 18.04.2022
892

Toshkent viloyatida mast erkak 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, operator xodimlarni haqoratladi

Toshkent viloyatida mast erkak 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, operator xodimlarni haqoratladi
Toshkent viloyati Chirchiq tumanida 9 aprel kuni tungi soat 03:15 dan tonggacha Ichki ishlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, operator xodimlarni hech bir sababsiz kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan erkak sud tomonidan jazoga tortildi. Bu haqda viloyat IIBB xabar qildi.

Yozib olingan telefon qo‘ng‘iroqlari suxbatlaridan ma’lum bo‘lishicha, fuqaro X.N. (42 yoshli) IIB xodimlarining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, ularni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqoratlagan.

Qayd etilishicha, bunday holat ushbu fuqaro bilan birinchi martasi emas. Avval ham fuqaro xizmat xodimlarini haqoratlab, yolg‘on xabar bergani uchun sud tomonidan javobgarlikka tortilgan.

Holat yuzasidan X.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 (haqorat qilish), 183 (mayda bezorilik), 194-moddalarida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida mast erkak 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, operator xodimlarni haqoratladi