00:11 / 19.04.2022
1 109

Buxoro shahrida oilalar yarashtirilmoqda

Buxoro shahrida oilalar yarashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabr kunidagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda Byuroning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan oilalarni yarashtirish, aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish va aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga chora ko‘rish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur toifadagi ijro hujjatlari ijrosi davomida davlat ijrochilari tomonidan olib borilayotgan suhbatlar natijasida ayrim er-xotinlar o‘zaro yarashib, oilalar qayta tiklanmoqda.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 21.11.2019 yildagi qarzdor Z.Jumayevdan undiruvchi R.Jumayeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosini ta’minlash davomida ota farzandi uchun jami 18 mln. 841 ming so‘m aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi aniqlanib, davlat ijrochisi N.Elmurodov tomonidan qarzdor Z.Jumayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shu asnoda qarzdor va undiruvchi bilan yuzma-yuz o‘tkazilgan suhbat jarayonida qarzdor ota aliment qarzini to‘lash imkoniyati yo‘qligini, undiruvchi ona esa yolg‘iz o‘tkazayotgan hayotidan mamnun emasligini va eri bilan yarashish istagi borligini bildirgan.

Davlat ijrochisi tomonidan ushbu oila yarashtirilib, shu kuni FHDYO bo‘limida nikohlari qayd qilingan va ijro hujjati ish yurituvdan tamomlangan.

Bolaning esa quvonchi cheksiz, chunki u endi o‘z uyida ota-onasi bilan birga yashaydi. Bunday baxtga hech nima teng kelmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro shahrida oilalar yarashtirilmoqda