09:39 / 19.04.2022
1 157

Andijonda Qirg‘izistonga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valyutalar ushlab qolindi

Andijonda Qirg‘izistonga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valyutalar ushlab qolindi
Foto: Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi
Andijonda valyutani noqonuniy ravishda xorijga olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi, deb xabar beradi viloyat Bojxona boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi «Do‘stlik» chegara bojxona posti chiqish-avto yo‘lagi orqali Qirg‘izistonga o‘tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro M.U. boshqaruvidagi Hyundai Solaris rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada avtotransport vositasining yo‘lovchi o‘rindig‘i orqasidagi cho‘ntagidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan olib chiqish me’yoridagi naqd xorijiy valyutadan ortiqcha bo‘lgan 17 ming AQSH dollari mavjud ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra 100 million so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hech qanday ruxsatnomasiz olib chiqish mumkin. Shuningdek, 70 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘ uchun deklaratsiya talab qilinmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda Qirg‘izistonga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valyutalar ushlab qolindi