O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari «ArMI—2022» xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Sayan yurishi» musobaqasida kuchli uchlikdan o‘rin oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bir necha kun davomida Rossiya hududida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Rossiya ayollar jamoasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlaridan jami 9 ta jamoa ishtirok etgan.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Musobaqa nizomiga ko‘ra, jamoalar harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ hududlarida 50 kilometrlik marshrutni bosib o‘tib, 12 ta shart bo‘yicha ko‘rsatilgan me’yorlarni mahorat bilan bajargan.
Umumiy natijalar bo‘yicha Rossiya jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi ikkinchi, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilari esa uchinchi o‘rinni egallagan. G‘olib va sovrindorlarga medal hamda xalqaro armiya o‘yinlarining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirilgan.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Ta’kidlanishicha, 17 aprel kuni mazkur musobaqada ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan.
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi