14:55 / 22.04.2022
900

«O‘tgan 2 yilda tibbiyotda ham, ma’naviy hayotimizda ham katta tajriba orttirdik» — prezident

«O‘tgan 2 yilda tibbiyotda ham, ma’naviy hayotimizda ham katta tajriba orttirdik» — prezident
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qarshi shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Daryo». Prezident saylovoldi uchrashuvda katta-katta maqsadlar qo‘yilgani, katta-katta harakatlar boshlanganini aytdi.

«Qarorlar qabul qilishda odamlarning og‘irini yengil qilish uchun harakat qilyapmiz. Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Tahlikali zamonda yashayapmiz. Bu zamon bilan hamohang bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan siyosatni olib borishimiz zarur. 2 yil avvalgi pandemiya iqtisodiyotga, yashash tarziga ko‘p ta’sir ko‘rsatdi. Biz tibbiyotda ham, ma’naviy hayotimizda ham katta tajriba orttirdik», — deydi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev kecha mahallalar raisi bilan gaplashganini eslab o‘tdi.

«U menga hozir qilinayotgan ishlar haqida gapirib, qilsa bo‘lar ekan, deb aytdi. Albatta, qilsak bo‘ladi. Har bir xonadonga davlat e’tibor qaratyapti, ko‘p joylarda yaxshi o‘zgarishlar bo‘lyapti.

Men Qashqadaryoga pul bilan keldim. Buni esa to‘g‘ri, adolatli xalqqa yetkazish kerak. Menga mutasaddilar bu borada va’da berishlari zarur. Maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi tizimini rivojlantirishimiz kerak. O‘zim ham o‘qituvchi bo‘lganman
», — dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘tgan 2 yilda tibbiyotda ham, ma’naviy hayotimizda ham katta tajriba orttirdik» — prezident