15:18 / 22.04.2022
887

«Viloyatda ichimlik suvi 100 foiz bo‘lmaguncha to‘xtatmaymiz» — davlat rahbari

«Viloyatda ichimlik suvi 100 foiz bo‘lmaguncha to‘xtatmaymiz» — davlat rahbari
«Qashqadaryoni ichimlik suvi bilan ta’minlashni to‘liq 100 foizga yetkazish uchun harakatdan to‘xtamaymiz, suv bo‘lmasa, aholi sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmaydi», degan Shavkat Mirziyoyev.

Xabarga ko‘ra, infratuzilma dasturi doirasida va qo‘shimcha ajratilayotgan jami 575 milliard so‘m hisobidan 1 ming 823 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 74 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Natijada 500 ming aholi ilk bor sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi, 160 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 43 foizdan 58 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, joriy yilda 1 ming 215 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 330 dona transformator va 3 ta yuqori kuchlanishli podstansiya quriladi. Natijada 479 ta mahalladagi 270 ming aholi va 5 mingdan ziyod tadbirkorlarning elektr energiya ta’minoti yaxshilanadi.

Davlat rahbari Kitob, Shahrisabz tumanlari va Shahrisabz shahrining gaz ta’minotini yaxshilash uchun 1 sentabrga qadar qo‘shimcha 14 kilometr gaz tarmog‘i tortib kelish bo‘yicha topshiriq bergan. Bunda 9 mingdan ziyod aholining gaz ta’minoti qayta tiklanadi va 240 ta korxonaning gaz ta’minoti yaxshilanadi, 300 ta korxona gaz tarmog‘iga ulanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Viloyatda ichimlik suvi 100 foiz bo‘lmaguncha to‘xtatmaymiz» — davlat rahbari