date
views 1 696

Buxoroda chek bermaganlarni «sotgan» shaxs «samosud» qilindi (video)

Buxoroda chek bermaganlarni «sotgan» shaxs «samosud» qilindi (video)
Videodan kadr
Buxoroda chek bermagan tadbirkorlar ustidan soliq idorasiga shikoyat qilgan shaxs to‘rt kishi tomonidan «samosud» qilindi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 19 aprel kuni 29 yoshli fuqaro D.M. Buxoro shahridagi do‘konlarning biriga kirib, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilgan. Do‘kon sotuvchisi D.M.ning xarid chekini bermagan. Xaridor esa do‘kondan chiqib, Buxoro shahar soliq idorasi vakiliga holat yuzasidan xabar bergan.

Tadbirkor soliq idorasi xodimi orqali D.M.ning shaxsini aniqlab, uni sheriklari bilan qurilishi tugallamagan joyga zo‘rlik bilan olib borib, «quloqlik qilding», deya haqoratlab, do‘pposlagan. Unga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazib, jarohat yetkazgan.

Xaridorini do‘pposlagan savdogar va uning sheriklari viloyat IIB hamda DXX xodimlari hamkorligidagi tadbirda qo‘lga olingan.

E’tiborlisi, xaridordan qasd olib, uni jazolashni taklif qilgan kimsa soliq idorasi xodimi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoiy guruh a’zolari Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida qamoqda olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda chek bermaganlarni «sotgan» shaxs «samosud» qilindi (video)
LiveInternet