17:48 / 23.04.2022
3 832

«Guanjo» klinikasining kirdikorlari fosh bo‘ldi

«Guanjo» klinikasining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Guanjo» klinikasining sirini fosh qilishgani haqida videolavhalar tarqalib ketgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan bayonot bergan.

Video ichki ishlar va boshqa tegishli organlar xodimlari klinikaga kirib, tekshiruv o‘tkazgani aks etgan. Videoda aytilishicha, bemorlarga berilgan barcha dori vositalari Xitoydan olib kelinmagan, balki O‘zbekistondagi dorixonalardan sotib olingan va shu yerda yangitdan qadoqlangan.

Aytilishicha, «GUANGZHOU MEDICAL of CHINA» MCHJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» bandi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o‘tkazilgan. Hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Guanjo» klinikasining kirdikorlari fosh bo‘ldi