
Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati
Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq yana bir jinoiy faoliyat fosh etildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S. ariza bilan murojaat qilib, unda dehqonchilik va chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun Past Darg‘om tumani hududidan yer olish niyatida aprel oyining o‘rtalarida K.Z. ismli shaxs bilan tanishib qolgani, u Past Darg‘om tumani «Nayman» mahallasi hududida joylashgan o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli 6 gektar yerni 170 ming dollar evaziga sotishini hamda Past Darg‘om tuman hokimligidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 20 ming dollarni talab qilayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 23 aprel kuni soat 13:10 larda Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi, DXX viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, K.Z. ariza muallifidan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar