
Davlat komissiyasining bayoni bilan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi, deb xabar berdi Davlat test markazi. Unga ko‘ra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Yo‘nalishlar kesimida test topshiriladigan fanlar majmuasi bilan esa DTMning Telegram-sahifasi orqali to‘liq tanishish mumkin.
Bakalavriat Ta’limTest TopsirishO‘zbekiston TarixiMatematik SavollarDavlat TestOna Tili O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar