Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov barcha andijonliklarga topshiriq berib, o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar jamoasi, hamkasblari bilan har kuni «Andijon polkasi»ga raqsga tushishni odat tusiga aylantirishi kerakligini buyurdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Viloyat hokimi o‘rinbosari Azizxon Maxsumov imzolagan xabarnomada aytilishicha, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov raisligida 2022 yilning 25 aprel kuni o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyatda «Andijon polkasi» oyligi o‘tkazilishi kerakligi haqida topshiriq berilgan.
«‘Andijon polkasi’ kuyi yaratilganining 100 yilligi ‘Andijon polkasi’ raqs ansambli tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan viloyatdagi barcha tashkilot va muassasa rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar jamoasi hamkasblari bilan har kuni ‘Andijon polkasi’ga raqs tushishni odat qilishlari kerak. 25 apreldan boshlab viloyatda ‘Andijon polkasi’ oyligi e’lon qilinadi», — deyiladi viloyat hokimi o‘rinbosari imzolagan xabarnomada.
Xabarnomada, shuningdek, mazkur tadbir chellenj va fleshmoblar tashkil etish orqali ommalashtirilishi lozimligi ta’kidlanadi.
Viloyat hokimligi mazkur tadbirlar nazoratga olinishini ma’lum qilib, o‘tkazilgan tadbirlar haqida haftaning har juma kuni soat 15:00 ga qadar fotoalbom ko‘rinishida axborot berish lozimligini qo‘shimcha qiladi.
«Daryo» manbasiga ko‘ra, Shuhrat Abdurahmonov hokimlik soatida har bir millat va hududning raqsi bo‘lgani kabi andijonliklarga xos chapanilikni o‘zida mujassam etgan «Andijon polkasi» viloyatning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kerakligini aytgan. Shuningdek, hokim ushbu raqsni UNESCO’ning nomoddiy ma’daniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish borasidagi harakatlar haqida ham ma’lumot bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi