22:03 / 26.04.2022
1 550

Endi bayram kunlarida sayohatga chiqish halqimiz uchun qulay bo‘ladi

Endi bayram kunlarida sayohatga chiqish halqimiz uchun qulay bo‘ladi
Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sayohat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun ko‘zda tutilgan qulayliklar haqida ham gapirildi.

Aytilishicha, 1 sentabrdan boshlab, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:

- avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so‘mgacha, temir yo‘l va avtobusga 100 ming so‘mgacha);

- mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so‘mgacha);

- muzey va boshqa madaniyat ob’ektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta ob’ekt uchun – 20 ming so‘mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.

Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi bayram kunlarida sayohatga chiqish halqimiz uchun qulay bo‘ladi