Qo‘qon shahri Yangi-bog‘ mahallasida yashovchi ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 18 aprel kunidan 19 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida bo‘lgan sandiq ichidan jami narxi 15 000 000 so‘mlik 2 dona tilla sirg‘asi, 2 dona tilla uzugi va 1 dona tilla zanjirini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.N ismli ayol sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!