15:16 / 27.04.2022
991

Fuqaroga salkam 280 mln. so‘m zarar undirib berildi

Fuqaroga salkam 280 mln. so‘m zarar undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng fuqaroga salkam 280 mln. so‘m zarar undirib berildi.

Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudining hukmiga ko‘ra qarzdor T. A.dan undiruvchi S. R. foydasiga 279.151.194 so‘m zarar undirish belgilangan.Mazkur ijro varaqasi Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituvga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan bir ish kunida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Qarzdorga zarar summani to‘lash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.Biroq, qarzdor A.T. muddatida belgilangan zarar summasni to‘lamagani uchun majburiy harakatlar olib borildi.Nomidagi mol-mulk va avtotransport vositasi xatlangandan so‘ng, qarzdorlik joriy yilning 20 aprel kuni undirildi. Ijro hujjati amalda tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga salkam 280 mln. so‘m zarar undirib berildi