18:53 / 27.04.2022
2 234

O‘zbekistonda qulupnay narxi qariyb 5 barobarga arzonlashdi

O‘zbekistonda qulupnay narxi qariyb 5 barobarga arzonlashdi
Bir hafta ichida qulupnay narxlari keskin tushib ketdi. Narxlarning bunday tushishi ob-havo sharoiti bilan bog‘liq. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2022 yilning 15 aprelidan 22 apreliga qadar qulupnayning o‘rtacha ulgurji narxi bir kilo uchun 90 ming so‘mdan 20 ming so‘mga tushib ketgan. Bir hafta ichida narxlar 4,5 barobar pasaygan.

Agar aprel oyi boshidan buyon ulgurji narxlar dinamikasini hisobga oladigan bo‘lsak, so‘nggi ikki hafta ichida o‘rtacha narxlar 2022 yilning 8 aprelida qayd etilgan maksimal qiymat — 110 000 so‘mga nisbatan 5,5 barobar arzonlagan.

2022 yilning 22 aprel holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxlari o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 3 barobar past.

Toshkentdagi «Korzinka.uz» supermarketlarida qulupnay 27 990 so‘mdan sotilmoqda.

O‘n kun avval qo‘shni Tojikistonda qulupnayning ulgurji narxi bir kunda 2 barobar tushib ketgan va keyingi kunlarda ham pasaygan edi.

- Bahorgi anomal sovuqlardan so‘ng darhol issiq yoz boshlandi. Shu bois rezavorlar juda tez pishib yetila boshladi. Qolaversa, qulupnay yuqori haroratda buzilmasligi uchun tez sotilishi kerak bo‘lgani bois ham fermerlar narxlarni pasaytirishga majbur bo‘lmoqda, — deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidov.

Mart oyidagi g‘ayritabiiy sovuq va seryomg‘ir ob-havodan so‘ng aprel oyida O‘zbekistonda ham Tojikistonga o‘xshash ob-havo o‘zgarishlari va harorat dinamikasi kuzatildi. O‘zbekistonda qulupnay narxining tushishi xuddi shu omillar bilan izohlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qulupnay narxi qariyb 5 barobarga arzonlashdi