date

O‘zbekistonlik aktyorlardan biri birdaniga 3 o‘g‘illi bo‘ldi

O‘zbekistonlik aktyorlardan biri birdaniga 3 o‘g‘illi bo‘ldi

Ko‘pgina filmlardagi rollari va qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Sanjar Usmonov 8 aprel kuni birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir” tahririyatiga aktyorning do‘sti Sharof Muqimov xabar bergan.

“Do‘stim Sanjar birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi, hozir bu pahlavonlarga qanday ism qo‘ysam ekan, deb bosh qotiryapti. O‘zbek shou-biznesida hali bunday holat kuzatilmagan edi. Sanjarning to‘yida kuyov jo‘ra bo‘lgandim. Demak o‘z vazifamni a’lo darajada uddalagan ekanman”, deydi Sharof Muqimov.
Ayni damda aktyor qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Sharof Muqimov esa bu holatni uyatchanlik, deb izohlayapti.

Ma’lumot uchun, Sanjar Usmonov 1985 yilda tavallud topgan. Aktyor 2010 yilda oila qurgan edi. 2011 yilda qizi Samina dunyoga keldi. 2007 yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan Sanjar Usmonov ilk bor kinodagi faoliyatini rejissyor Burhon Sharopovning “Sevgi – bu hayot” filmidan boshlagan.

Tahririyatimiz nomidan Sanjar Usmonovni uch egizak farzandlarning otasi bo‘lgani bilan muborakbod etamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik aktyorlardan biri birdaniga 3 o‘g‘illi bo‘ldi