Foto: «Yandex.ru»
Turk kino olamida o‘z o‘rniga ega aktyor va aktrisalarning hayoti turfa voqealarga boy. Qaysidir aktyor to‘satdan turmush qurishini e’lon qilsa, qaysidir aktrisa yillab sinalgan munosabatlarini yakunlaydi, yana kimdir ota bo‘lganini ma’lum qiladi. Quyida ayrim turk aktyori va aktrisalarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot beriladi.
Ilhan Shen va Burju O‘zberk
Foto: «Yandex.ru»
Hozir «Sevgi vaqti» serialida suratga tushayotgan Ilhan Shen O‘zjan Denizning konsertiga tashrif buyuradi va u yerda sevgilisi Pinar Gulpakan (Pinar televideniyadagi faoliyati bilan tanilgan aktrisa) bilan birga qatnashadi. Aktrisa «Oyna ortidagi qiz», «Mening sobiq sevgim» seriallarida suratga tushgan. Ularning surati aktyorning «Sevgi. Mantiq. Qasos» serialidagi sherigi bilan ishqiy munosabatda bo‘lganiga ishongan muxlislarning salbiy izohlariga sabab bo‘ldi.
Tomoshabinlarning bunday munosabati bo‘lishi tabiiy, ko‘p hollarda bir loyida ishtirok etgan jutfliklar haqiqatdan ham bir-birini yoqtirib qolganini ma’lum qiladi. Ilhan serialdagi partnyori bilan ishqiy munosabatlari haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U Burju bilan ajoyib hamkorlik bo‘lganini, a’lo darajada ish olib borganini, aktrisa bilan uchrashishda davom etishini, ular o‘rtasida faqat do‘stona munosabatlar mavjudligini aytdi. Burju O‘zberk aktyorning gaplarini qo‘llab-quvvatladi.
Esra Bilginch va Go‘kxan Tore
Foto: «Yandex.ru»
Ommaviy axborot vositalarida Esra Bilginchning Turkiyadagi YouTube kanalida obunachilar soni bo‘yicha 8-o‘rinda turadigan, videobloger sifatida tanilgan reper Reymen bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqaldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay ularning ajralgani aytildi. Ushbu yangilikning asosi Reymen va Esraning Instagram'da bir-biriga obuna bo‘lishlari edi. Bir necha kundan keyin ular bir-birlarini kuzatishni bekor qildi. Turkiya matbuoti ular asossiz mish-mish tarqatmasligi uchun obunani bekor qilgani haqida yozgan.
Vaqt o‘tib Esra Bilginch Germaniyaning Kyoln shahri terma jamoasi va klubida o‘ynayotgan asli turkiyalik bo‘lgan futbolchi Go‘khan Torega turmushga chiqdi. Ular 2017 yilda turmush qurdi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning rafiqasi to‘y marosimida ishtirok etdi. Juftlik 2019 yilda ajrashganini e’lon qildi, bunga Go‘khanning xiyonati bo‘lgan va aktrisa uni kechira olmagan. Ajralish jarayoni 10 daqiqa davom etdi, chunki ular mulk mavzusidagi da’vo arizasidan voz kechdi (turk qonunlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i xotinini qayta turmush qurmaguncha qo‘llab-quvvatlashi kerak). Bilgich va Torening farzandi yo‘q.
Selin Ishik va Riza Kodjao‘g‘lu
Foto: «Yandex.ru»
So‘nggi paytlarda turk matbuoti Selin Ishik va Riza Kodjao‘g‘lining uchrashayotgani haqida yozdi. Juftlik munosabatlarini yashirmaydi. Yaqinda dam olishdan oldin Riza aktrisa bilan onasini tanishtirdi. Turkiyada yaxshi ko‘rgan insonini ota-onasi bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega ishlardan biri hisoblanadi. Jurnalistlar Rizadan aktrisa bilan turmush qurishi haqidagi haqiqatlarni so‘raganida, u bu ishning bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Hazal Kaya karerasining boshlanishi
Foto: «Yandex.ru»
Aktrisa Hazal Kaya «Uni Fariha deb qo‘ydim» va «Taqiqlangan sevgi» kabi mashhur seriallarida suratga tushgan. U amerikalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan «Soprano» nomli serialning dublyajida ishtirok etgan. Uni suratga olish maydonchasiga taniqli produsser va ssenariy muallifi, shuningdek, onasining eng yaqin dugonasi bo‘lgan Nurjon Go‘zel olib kirgan. U Hazalga o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rishni maslahat bergan.
Salaxattin Pashali
Foto: «Yandex.ru»
Yaqinda Netflix seriallarida suratga tushayotgan aktyor Salahattin Pashali ota bo‘ldi. U rafiqasi bilan shu yilning aprel oyida turmush qurdi. Juftlik farzandining Leyla Pera 2022 yilning 1 iyunida dunyoga kelgan. Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda qizi dunyoga kelgani haqidagi quvonchni o‘rtoqlashdi va oilangizga xush kelibsiz, Peram. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz!' deb izoh qoldirdi.
Kivanch Tatlitug‘
Foto: «Zen.yandex.ru»
Kivanch Tatlitug‘ esa allaqachon otalik ilmini o‘rganmoqda va bo‘sh vaqtida o‘g‘li bilan suratga olish va fotosessiyalarda ishtirok etadi.
Hilal Altinbilek va Metin Xara
Foto: «Yandex.ru»
«Bir paytlar Chukurovada» serialida bosh rolni ijro etgan Hilal Altinbilek to‘yiga hozirlik ko‘rmoqda. U Turkiyaning mashhur yozuvchilaridan biri Metin Xara bilan turmush qurmoqda. Juftlik 2021 yilning iyul oyida uchrasha boshlagan va bundan oldin ham ular yaqin munosabatda bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi