2 176
Erkak balandroq uyda yashasa, telpak qoziqqa ilinsa va elchi past eshikdan kirsa nimani anglatadi?
O‘zbek xalqining har bir qadami, yashagan uyi, kiygan kiyimi, tortgan ovqati ishoralarga boy bo‘lgan. Hech bir so‘zsiz, hech bir izohsiz anglab yetish lozim bo‘lgan ishoralar Xorazmda, Xivaning Ichan qal’asida hamon saqlanmoqda.
Ayniqsa, Qal’a hududidagi, 19 asrda qariyb o‘n yil davomida qurilgan Tosh hovlining haram qismida ishoralar o‘ziga xos bo‘lgan. Xon Allaqulixon qurdirgan Tosh hovlining haramida xonning o‘zi, uning to‘rtta nikohli ayoli, bir tomonda joriyalari, yana boshqa tomonda oshxonasi bo‘lgan. Binoga asosan orqa koridor qismi orqali kirib chiqilgan.
Xorazm telpaklari qoziqda bo‘lmasa ham ajoyib
Gid Sanobar Atabayevaning aytishicha, Xon xonasiga kiraverishdagi qoziqda ilingan telpak bu Xon hazratlarining ichkaridaligini bildiruvchi belgi hisoblangan. Bunda xos xonaga kirish mumkin bo‘lmagan.
Xon yashaydigan bino ikki karich baland va ikki karich oldinda
Qizig‘i, «Xon hazratlarining ayvoni yuqoriroq, xon ayollari ayvoniga nisbatan ikki qarich baland va ikki qarich oldinroqqa chiqartirilgan» deb Sanaboraxon sayyohlar e’tiborini binolar notekis tutashgan joyga qaratadi.
Bular yozgi yashash binolari bo‘lgan. Qishda haramdagilar ham maxsus o‘tovlarda yashaganlar.
Xonning o‘tovi supasi ayollar yashaydigan o‘tov supasidan balanrdoq bo‘lgan
O‘tovlar yonma-yon joylashgan, lekin Xonning o‘tovi supasi ayollar yashaydigan o‘tov supasidan balanrdoq bo‘lgan. Supaning ustida katta o‘tov qurishgan. O‘tovni ichi saksovul yoqib isitilgan.
Xuddi, shuningdek, Tosh hovlining arzlar tinglanadigan hovli qismidagi o‘tovlardan balandrog‘ida Xon qabul o‘tkazgan.
Xonning yozlik qabulxonasida 3 ta eshik bo‘lgan. To‘rdagi eng baland eshikdan Xonning o‘zi kirgan. O‘rta eshikdan mulozimlari kirgan. Elchilar, boshqa xorijiy mehmonlar eng past eshikdan Xon huzuriga egilib qadam qo‘ygan.
Bugungi kunda sayyohlar xonning qabul xonasiga elchilar kirgan eng past eshikdan kiradilar
Ichan Qal’adagi jome masjidi 10 asrda qurilgan. Bir vaqtning o‘zida 3 mingdan ortiq namozxon ibodat qilishi mumkin bo‘lgan masjidni 213 ta ustun ko‘tarib turadi. Bir ustunning naqshi ikkinchisiga aslo o‘xshamaydi. Mehrob yonida sopol ko‘zalar o‘rnatishgan. Bu ko‘zalar ovoz jaranglab chiqishiga xizmat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...