date

Malika Egamberdiyeva: “Kasbimni tushunmaydigan yigitga turmushga chiqmayman”

Malika Egamberdieva: “Kasbimni tushunmaydigan yigitga turmushga chiqmayman”

“E’tirof-2015” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominasiyasi g‘olibi Malika Egamberdieva “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida kelajakda qanday inson bilan taqdirini bog‘lash niyati haqida aytib o‘tdi, deb xabar beriladi "Darakchi" nashrida.

“Har bir inson uchun oila mo‘’tabar hisoblanadi. Shu boisdan ham oila men uchun birinchi o‘rinda turadi. San’atda qanday darajaga etishimdan qat’iy nazar, menga bunday talab qo‘yilsa, albatta hech o‘ylab o‘tirmasdan, oilani tanlagan bo‘lardim.

Lekin shunday holatga tushmaslikni chin dildan istardim. Chunki, san’at— bu mening kasbim. Uni butun vujudim, chin dildan yaxshi ko‘raman. San’atsiz yashashim juda qiyin. Nega deganda, usiz hayotimni tasavvur qilolmayman. Shuning uchun niyat qilamanki, turmush o‘rtog‘im meni, san’atimni hurmat qiladigan inson bo‘lsin. Kasbimni tushunmaydigan odamga turmushga chiqmayman”,—deydi Malika.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Malika Egamberdiyeva: “Kasbimni tushunmaydigan yigitga turmushga chiqmayman”