19:34 / 06.10.2022
1 063

Adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti Anni Ernoga berildi

Adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti Anni Ernoga berildi
Nobel qo‘mitasi 3-10 oktabr kunlarini joriy yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini e’lon qilish haftaligi deb e’lon qilgan edi. Bugunga qadar mukofotning fizika, kimyo va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi.

Bugun, 6 oktabr kuni Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi haftalik doirasida adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti sovrindorini ham e’lon qildi. Ushbu yo‘nalishda nufuzli mukofot fransuz yozuvchisi Anni Ernoga berildi.

Ma’lum qilinishicha, Anni Erno yigirmadan ortiq kitoblar muallifi, o‘ndan ortiq adabiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

U, shuningdek, Fransiyada so‘llarga xos siyosiy pozitsiyasi bilan ham mashhur. U prezident Makronning ashaddiy tanqidchisi hisoblanadi. Fransiyadagi so‘nggi prezidentlik saylovlarida yarim kommunist Jan Lyuk Melanshon nomzodi targ‘iboti bilan shug‘ullangan.

Eslatib o‘tamiz, Nobel mukofotining Tinchlik yo‘nalishi 7 oktabr, Iqtisod yo‘nalishi g‘oliblari 10 oktabr kuni e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti Anni Ernoga berildi