
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2023 yilning 20-21 may kunlari Rossiyaning taniqli yulduzlari ishtirokida "Jara" musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Emin Agalarov Toshkentga safari chog‘ida ma’lum qildi. Sevimli telekanali xabariga asosan.
Festivalda jami 30 yaqin yulduzlar, jumladan Grigoriy Leps, Djonni, HammAli & Navai, Ani Lorak va boshqalar ishtirok etishadi.
“Festivalda bizning eng yangi dasturimiz taqdim etiladi. "Jara" aslida - premeralar namoyishidir. Taniqli xonandalarning xit qo‘shiqlarini ijro etishdan tashqari, kutilmagan duetlar va syurprizlar ham festival an’anasiga aylangan. Umid qilamanki, biz o‘zbek tomoshabinlarini hayron qoldira olamiz”, — dedi Agalarov Toshkentda jurnalistlarga.
Festivalga ikki kun ichida 4500 ga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi, yuzlab fan zonalari tashkil etilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun "Jara" Xalqaro musiqiy festivali 2016 yilda Emin Agalarov tomonidan tashkil qilingan. Festival konsert dasturlari kunda translyatsiyalar 150 mln.ga yaqin teletomoshabinlarni jamlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar