Xonanda Bunyodbek Saidov Dilnoza Ismiyaminovadan xafa ekanligini bildirdi

Xonanda Bunyodbek Saidov hamkasbi Dilnoza Ismiyaminova bilan “Gunda shu hol” deb nomlangan duet taronani ijro etgan edi.
“Darakchi” nashrining xabar berishicha, xonanda va Dilnoza Ismiyaminova o‘rtasida gap o‘tgan. Buning sababini Bunyodbek Saidov quyidagicha izohlagan:
“Dilnoza Ismiyaminovadan xafaman! Konsert uchun "Gunda shu hol" duetining davomini ijro etamiz, deb kelishgandik. Aslida bu qo‘shiq uning taklifi bilan ijro etilayotgandi. Musiqa va matn tayyor bo‘lganida, Dilnoza kasalligini aytib, studiyaga kelmadi. Aslida bu qo‘shiq konsertning "fishka"si bo‘ladi, deb umid qilgandik”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing