20:47 / 08.04.2023
617

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabov og‘ir xastalikdan keyin 74 yoshda vafot etdi.
 
Murod Rajabov 1949 yil 30 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1971 yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik intitutini tamomlagan.
 
Faoliyati davomida o‘nlab kinolarda rollar ijro etgan aktyor ayniqsa “Temir xotin”, “Kichkina tabib”, “Ulfatlar” va boshqa qator filmlardagi rollari bilan o‘zbek kino san’atining yorqin yulduzlaridan biriga aylandi.
 
Tahririyat marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi