22:57 / 22.05.2023
325

Har qanday tomoshabinni ekranga mixlab qo‘yadigan eng yaxshi turk seriallari

Har qanday tomoshabinni ekranga mixlab qo‘yadigan eng yaxshi turk seriallari

Turk seriallari dunyo bo‘ylab o‘z muxlislariga ega. Ko‘plab tomoshabinlar “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi”, “Qora niyat” kabi seriallarini sevib tomosha qilgan, biroq turk kino olamida qiziqarli sujeti bilan muxlislarning qalbidan joy olgan boshqa qiziqarli loyihalar ham bor.

“Qo‘rg‘on sirlari”

Foto: Start

Ferit — hurmatli tadbirkorning yengiltabiat va erkatoy o‘g‘li. Yigitning hayoti jahannamga aylanayotganini anglagan ota o‘g‘lining taqdirini o‘z qo‘liga olishga va kelin topishga qaror qiladi. U Seyran — zolim otasi bilan patriarxal oilada yashovchi aqlli va o‘qimishli qizni kelin qiladi. O‘zini o‘zi ta'minlashni orzu qilib, u  Ferit bilan munosabatlarni bog‘lamoqchi bo‘lmasa-da, lekin keyinchalik ular orasida uchqun alangalanadi. Oila bilan ham, tanlagani bilan ham uyg‘un munosabatlar o‘rnatish qanchalik muhimligi haqida hikoya qiluvchi serial.

“Janob xato”

Foto: Start

“Yalang‘och haqiqat”ning turkcha versiyasi. Ishqiy munosabatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Ezgi navbatdagi yigitini ham yo‘qotib, hech narsasiz, hatto boshpanasiz qoladi. Dugonasining uyida yashab yurganida kelishgan barmen yigit O‘zgur bilan tanishib qoladi, U qizga ideal yigit tanlashda yordam berish jarayonida asta-sekin o‘zi Ezgini sevib qoladi.

“To‘qnashuv”

Foto: Start

Bir avtohalokatning xilma-xil odamlarning taqdirini qanday bog‘lagani haqidagi triller. Bank xodimi, yaqinda qamoqdan ozod qilingan jinoyatchi, advokat, politsiya komissari, mafiya klanining boshlig‘i — ularning barchasi bu voqea bilan bog‘liq bo‘lib, asta-sekin ularning har biri haqida qandaydir sir ochib beriladi.

“Ayoz”

Foto: Start

G‘amgin voqea fonida yuz beradigan kutilmagan munosabatlar haqidagi serial. Arxitektura universiteti talabasi Firuzaning otasi ishlayotgan qurilishda odamlar halok bo‘lganida, uni bu ishda ayblab, qamoqqa tashlashadi. Qiz otasini qutqarish majburiyatini oladi va fojia tafsilotlarini o‘rganish uchun ushbu loyihada ishtirok etgan kompaniyaga ishga kiradi. U yerda u kompaniya direktorining singlisiga uylangan, sodir bo‘lgan voqeaning potensial aybdori bo‘lgan sobiq sevgilisi Ayoz bilan uchrashadi.

“Mening chap yarmim”

Foto: Start

Arxitektura fakulteti talabasi Serra bir vaqtlar dabdabali hayot kechirib, xohlagan narsasiga erishgan, lekin hayot uni hech narsasiz qoldiradi. Hozirda u kambag‘al mahallada yashaydi va onasining davolanishiga pul topish uchun hashamatli mehmonxonada xizmatkor bo‘lib ishlaydi. Bir kuni tasodifiy voqea tufayli universitetdagi hamma uni hali ham boy deb o‘ylay boshlaydi. Xususan, uni maktabning eng kelishgan yigiti Selim payqab qoladi va u sirli qiz haqida ko‘proq ma'lumot olishga qaror qiladi.

“To‘g‘on”

Foto: Start

Nezir — firibgar ayol, erkaklarni o‘ziga maftun qilib, uylanishga majbur qiladi, keyin esa pullarini olib qochib ketadi. Bir kuni u internetda to‘g‘on qurilishida brigadir bo‘lgan Nozim bilan tanishadi. U yangi sevgilisi yuzining yarmida chandig‘i borligini bilmaydi. Surat almashish taklifi tushganda, u xijolat bo‘lib, tanish ishchisi Toriqning suratini yuboradi. Erkakka maftun bo‘lgan Nezir uni ko‘rish uchun keladi va Nozim deb o‘ylab, Toriq bilan tanishadi.

“Katta-kichik yolg‘on”

Foto: Start

Ginekolog Oya o‘zi o‘qigan maktab direktorining dafn marosimi sababli viloyatiga qaytib keladi. Ammo bu qaytishni quvonchli deb atash qiyin: sobiq dugonalari bir paytlar katta shaharga jo‘nab ketgan, intrigalar uyushtirgan va hatto sirli qotillikka aralashib qolgan qiz haqida yaxshi fikrda emas. Serial tomoshabinni bugundan o‘tmishga tashlaydi, savollarga javob izlaydi: nima bo‘ldi, nega bu ayollar bir-birlarini shunchalik yomon ko‘rishadi?

“G‘aroyib shifokor”

Foto: Start

Ali autizm bilan tug‘ilgan. Shu sababli otasi keyinchalik uni tan olmaydi, tengdoshlari ham uni doimo masxara qilishadi. Biroq bola o‘zida katta qiziqish va, eng muhimi, shifokorlik qobiliyatini topadi. Unga boshpana berib, katta qilgan doktor Otil iste’dodli yigitga imkoniyat berib, o‘zi ishlayotgan nufuzli klinikaga jarroh sifatida ishga olmoqchi. Hamkasblar bu qarorga shubha bilan qarashadi, lekin Ali samimiy muhabbat har qanday dardni yengishini hammaga isbotlaydi.

“Ona siri”

Foto: Start

Defne homilador, bolaning otasi uning hozirgi turmush o‘rtog‘i, tashabbuskor tadbirkor Chinor bo‘lib, u yaqinda o‘zining yangi loyihasi uchun investor topgan. Defne esa hayajonda: homiy uning sobiq eri bo‘lib, u bilan ayol yaxshi munosabatda emas. U hali haqiqiy xavf uy bekasi — o‘tmishdagi qora sirlardan xabardor Meryem ekanligini bilmaydi.

“Quzg‘un”

Foto: Start

Jinoiy drama 20 yildan keyin o‘z ona shahri Istanbulga qaytgan Quzg‘un haqida hikoya qiladi. Ilgari u ota-onasi uni tashlab ketgan deb o‘ylardi, lekin otasi politsiyachi, o‘z hamkasbi, makkor Rifatning xiyonati tufayli vafot etganini bilib, qasos olish rejasini tuzadi. Bu yerda u bolaligida sevib qolgan maftunkor Dilani uchratadi. Dilaning eng ashaddiy dushmani Rifatning qizi ekanligini hali bilmaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Har qanday tomoshabinni ekranga mixlab qo‘yadigan eng yaxshi turk seriallari