Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari

Turk seriallari soʻnggi bir necha oy ichida internetni egallab oldi. Albatta, bosh qahramonlarning boshidan oʻtganlari hammaga qiziq, lekin turk ayollarining goʻzalligi alohida hayratga munosib. Quyida turk ayollarining doimo diqqat markazida boʻlishiga yordam beradigan goʻzallik sirlari haqida soʻz boradi.  

Maryam Uzerli

Tabiat “Muhtasham yuz yil” yulduzini serjilo sochlar, katta koʻzlar va chiroyli lablar bilan siylagan. Qolgani toʻgʻri olib boriladigan hayot tarzi va mahorat bilan qilingan makiyajning hissasi. Serialdagi rol uchun Maryam 10 kilogrammdan koʻproqqa semirishi kerak edi, shuning uchun suratga olish ishlari tugagandan soʻng aktrisa sport bilan faol shugʻullanib, sogʻlom turmush tarzini olib bordi. Maryam haftada 3 kunni faol mashgʻulotlar uchun ajratadi va boʻsh kunlari basseynga borishni kanda qilmaydi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Aktrisa har kuni ertalab qorni ochib uygʻonishini va toʻyimli nonushta qilishni yaxshi koʻrishini tan oladi. Makiyajining asosiy siri — har qanday holda tushdan foydalanish, ba'zan esa jozibali strelkalar uchun qora qalam ishlatish. Aktrisaning oʻziga xos xususiyati koʻzlarga urgʻu beradigan makiyajdir, yuzga esa engilgina pardoz kifoya.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Demet Oʻzdemir

Sohibjamol Demet koʻpchilikka “Qulupnay hidi” filmidagi roli bilan tanilgan. Uning tabiiy koʻrinishining siri nafis blesk, kosmetik sumkasidagi sevimli mahsulotlarida. Demet faqat eng yaxshi brendlarning kosmetika vositalaridan foydalanishini tan oladi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Asosiy goʻzallik sirini haftada bir marta yuzni tozalash va raqamli detoks deb ataydi. Aktrisa gadjetlar va ijtimoiy tarmoqlardan dam olish asab tizimiga va goʻzallikka eng foydali ta'sir koʻrsatishiga ishonadi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Fahrie Evjen

Fahrie “Choliqushi” serialidagi roli va chiroyli sochlari bilan mashhur. Soch parvarish qilishning turli usullariga qoʻshimcha ravishda, u maxsus tabiiy yogʻlardan foydalanadi. Ammo agar aktrisa toʻgʻri ovqatlanish rejimini e'tiborsiz qoldirganida, ta'sir unchalik sezilmasdi. Fahrie sogʻlom ovqatlanadi va kuniga kamida ikki litr suv ichadi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Shuningdek, u oʻz rejimini nazorat qiladi va uxlash uchun kamida 7 soat ajratadi. Makiyajga kelsak, aktrisa terisiga dam berishga harakat qiladi va faqat suratga olish va tashqariga chiqish uchun boʻyanadi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Neslihan Atagul

“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi shunchaki toʻgʻri ovqatlanadi. Uning rattsionida har doim tabiiy turk yogurti, yangi meva va sabzavotlar, nonushta uchun organik yorma mavjud.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Neslihan asaldan yuz niqoblari tayyorlab, terisini atirgul suvi bilan artishni yaxshi koʻradi. Aktrisa argan yogʻini yuz massaji uchun ham, sochlari uchun ham ishlatadi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”

Hande Erchel

Handening blogi ham boʻyangan, ham boʻyanmagan holdagi yorqin selfilarga toʻla. “Malikam, endi qara” serialida suratga tushgan aktrisaning oʻziga xos goʻzallik siri bor: u yuzini tozalashda nihoyatda puxta va ba'zida protsedurani bir necha marta takrorlaydi. Tozalash vositalarining arsenali uning terisiga ogʻir makiyajdan keyin dam olishga imkon beradi.

Mashhur turk aktrisalarining tabiiy goʻzallik va jozibali boʻlish sirlari
Foto: “Yandeks.ru”
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar