Rayhon mardlik qildimi? U Yigitalining gaplariga qanday javob qaytardi?

O‘zbek shou biznesida bir sana’tkorning ajrashishi hali bunchalik shov-shuv bo‘lmagan edi. Yigitali va Rayxonning nikoh to‘ylari nashrlarda bir mavzu bo‘lgan bo‘lsa, ularning ajrashishi yanayam ko‘proq “chaynal”moqda. Bu haqda “Diydor aziz” xabar berdi.
Bir necha oydan beri Yigitalining ajrashish haqidagi fikrlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib kelinmoqda. Unda Yigitalining oilada erkak kishining o‘rni yuqoriligi va buyuk erkak ortida ayyor ayol emas, aqlli ayol turishini ta’kidlagan edi.
Yigitalining bu fikrlariga Rayhonning munosabatini bilish uchun uning ma’muri Sherbekka murojaat qilganimizda u Rayxon anchadan beri ayni savolni berayotgan jurnalistlarga javob qilmayotganini aytdi. Shuningdek, Rayxon Yigitali aytgan mayda-chuyda gaplardan yuqorida ekanligini, u bunchalik pastkashlikka bormasligini ma’lum qildi. “Rayxon oila sirlarini “ko‘chaga olib chiqishni” xoxlamaydi”, dedi xonanda Rayxonning ma’muri Sherbek. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing