“Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram Sulton rolidan keyin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan Maryam Uzerli hamon jamoatchilik e’tibori markazida. U nafaqat aktrisa sifatida muvaffaqiyatli karyerasini qurishda davom etmoqda, balki ko‘plab brendlarning reklama roliklarida rol o‘ynamoqda. Yaqinda esa turk kino olami yulduzining ismi barcha davrlarning eng go‘zal ayollari ro‘yxatiga kiritildi.
“Sapfir” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Uzerli reytingning 22-pog‘onasidan joy olgan. Hozirda u Greys Kelli, Odri Xepbyorn, Merilin Monro va Anjelina Joli kabi mashhur ayollar bilan bir qatorda turibdi. Turk aktrisasining muxlislari uni haqiqatan ham ushbu ro‘yxatdan joy olishga loyiq ekanini aytgan.
Ayni paytda aktrisa bosh rolni ijro etgan “Ru” serialining taqdiri hal qilinmoqda. Disney+ yangi turk loyihalarini translyatsiya qilishdan bosh tortgach, ba’zi raqamli platformalar ularni ko‘rsatish huquqini sotib olish istagini bildirdi. Yaqin kelajakda tomoshabinlar aktrisaning yangi loyihasini ko‘rishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Maryam Uzerli 1983-yilning 12-avgust sanasida Germaniyada tug‘ilgan. Uning aktrisalik salohiyati maktab yillaridayoq shakllana boshlagan — u ko‘plab spektakllarning doimiy ishtirokchisi edi. Keyinchalik 17 yoshida u ijodiy rivojlanishini davom ettirib, Gamburgdagi aktyorlik maktabida tahsil oladi. U faoliyati davomida “Muhtasham yuz yil” seriali, “Ari uyasi”, “Ajoyib tush” filmlarida rol ijro etgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring