00:26 / 30.01.2024
405

Yilning eng yaxshi aktyor va qo‘shiqchilari aniqlandi

Yilning eng yaxshi aktyor va qo‘shiqchilari aniqlandi
28 yanvar kuni «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan joriy yilgi ko‘rik-tanlovda teatr, kino, estrada, an’anaviy ijrochilik, sirk, askiya, baxshichilik singari 20 ta nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi.

Dastlab nomzodlar yil yakuni bo‘yicha ijodiy faoliyatida erishgan yutuqlaridan kelib chiqqan holda «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti komissiyasi tomonidan tanlab olingan bo‘lsa, har bir nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi 3 nafar nomzod tanlab olinib, milliytanlov.uz platformasi orqali ovozga qo‘yildi. Ya’ni g‘oliblar jamoatchilik tomonidan aniqlandi.

Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yo‘nalishida «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofotini qo‘lga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi askiyachisi - Mamasidiq Alixonov

Yilning eng yaxshi sirk artisti - Yunus Boboqulov

Yilning eng yaxshi qo‘g‘irchoq spektakli - «Cho‘pon afsonasi» spektakli (Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri)

Yilning eng yaxshi badiiy filmi - «O‘zbek qizi»

Yilning eng yaxshi spektakli - «Layli va Majnun»

Yilning eng yaxshi teatr rejissori - Doston Xaqberdiyev

Yilning eng yaxshi teatr aktyori - Azizbek Nazarimbetov

Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi - Shoxsanam Obloqulova

«Tasviriy va amaliy san’at» yo‘nalishida «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofotini qo‘lga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi aholiga xizmat qilgan kutubxonasi – Surxondaryo viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi (Xusan Islomqulov)

Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi – O‘zbekiston qozoq milliy madaniyat markazi

Yilning eng yaxshi adibi (shoiri) – Iqbol Mirzo

Yil kashfiyoti – Zohidjon Jumanazarov

«Estrada va an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati» yo‘nalishida «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofotini qo‘lga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi an’anaviy ayol xonandasi – Mohichehra Jumanova

Yilning eng yaxshi an’anaviy erkak xonandasi – Eldorbek Maxsudov

Yilning eng yaxshi simfonik orkestri – Milliy simfonik orkestri (Alibek Abdurahmonov)

Yilning eng yaxshi raqqosasi – Moxina Ergasheva

Yilning eng yaxshi opera ijrochisi – Aminzoda Jumaniyozov

Yilning eng yosh baxshisi – Azamat Elmuratov

Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi – Afruza

Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi – Janob Rasul

Eslatib o‘tamiz, hukumat qarori bilan mamlakatimiz madaniyati va san’atini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qo‘shgan iste’dodli ijodkorlarni har yili an’anaviy tarzda «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» milliy mukofoti bilan taqdirlash belgilangan. Mukofotga teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, an’anaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, badiiy ijod hamda madaniyat va san’atning boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilishi mumkin.

Mukofotga sazovor bo‘lgan ijodkorlar bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi hamda maxsus statuetka va sertifikat topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yilning eng yaxshi aktyor va qo‘shiqchilari aniqlandi