13:05 / 27.03.2024
183

Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi

Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi
«Troya» filmidan kadr.
Grek arxeologlari qadimda cho‘kib ketgan kemalarni qidirish uchun ko‘plab tarixiy hujjatlarni o‘rganishdi. Shulardan biri antik yunon faylasufi Gomer miloddan avvalgi 8-asrda yozgan «Iliada» poemasi bo‘lib, aytilishicha, asar zamonamiz olimlariga qidiruvda juda qo‘l kelgan.

IFL Science xabar berishicha, qidiruvlar bilan Gretsiya milliy tadqiqot jamg‘armasi mutaxasislari shug‘ullangan. Arxeologlar qidirgan barcha kemalar Kasos oroli qirg‘oqlari yaqinida turli davrlarda suvga g‘arq bo‘lgan. Gomer asarida Kasos Troya bilan urushga qo‘shilgan yirik portlardan biri bo‘lgani aytiladi.

«Iliada» va boshqa qadimgi manbalardan olingan ma’lumotlar cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi. Topilgan kemalar turli davrlarga mansub, ularning fan uchun ahamiyati beqiyos. Topilmalarning aksariyati miloddan avvalgi 450-yillarga mansub. Qolaversa, Rim davri, O‘rta asrlar kemalari va hatto Ikkinchi jahon payti cho‘kkan oddiy yog‘och qayiqqacha topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi