10:00 / 07.04.2024
197

O'zaro qarindosh bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

O'zaro qarindosh bo‘lgan turk aktyorlari (foto)
Sevimli turk seriallarini tomosha qilar ekanmiz, ko‘pincha bir nechta aktyorlarning aynan o‘xshashligini payqab qolamiz, keyin esa ular qarindosh ekanliklari ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari, serial yoki filmning oxirida bir xil familiyalarga ko‘zimiz tushadi.

Hande Soral, Bedirhan Soral va Bensu Soral

Hande Bensu va Bedirhanning katta opasi. Hande 2008 yilda “Opa-singillar taqdiri” serialida debyut qiladi, keyin esa “Choliqushi”, “Ertug‘rul”, “Olovli qushlar” va boshqa loyihalarda ishtirok etadi.

Uning ortidan singlisi Bensu ham aktrisa bo‘lishga qaror qiladi. 2012 yilda qiz “Chorrahada” serialida debyut qiladi, “Kichik yolg‘onchilar” filmida suratga tushgach, shuhrat qozonadi.

Bedirhan — Bensuning egizak ukasi. U “Yaxshi o‘yin” va “Pochta qutisi” kabi taniqli loyihalarda rol o‘ynagan bo‘lsa-da, filmlarda katta muvaffaqiyatga erisha olmagan. Ammo ularda ishtirok etganidan so‘ng, yigit reklama roliklarida suratga tushish takliflarini oladi (u Head & Shoulders shampun kampaniyasining rasmiy yuzi), bundan tashqari, Bedirhan multfilm qahramonlariga ovoz beradi, blogerlik bilan ham shug‘ullanadi.

Ta’kidlash joizki, uch nafar iste’dodli farzandlarning ota-onasi san’atga hech qanday aloqasi yo‘q odamlar: ularning otasi mebel do‘koniga egalik qiladi, onasi esa uy bekasi.

Aras Bulut Iynemli, O‘rchun Iynemli va Miray Daner

Aras Bulut nafaqat mashhur loyihalarga boy karyerasi, balki kamtarona oilasi bilan ham faxrlanadi. Masalan, “Muhtasham yuz yil”, “Maral”, “Ichkarida”, “Chuqur” seriallari yulduzining O‘rchun ismli katta akasi bor. U rejissyorlik diplomiga ega, uni “Ertug‘rul” yoki “Yeshilcham”da ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Aytgancha, Aras dastlab muhandislik fakultetiga o‘qishga kiradi, lekin uni kamera o‘ziga ko‘proq jalb qilgani uchun (u reklamalarda suratga tushgan) aktyor bo‘lishga qaror qiladi.

Iynemlining 25 yoshli jiyani Miray Daner ham aktrisa. Uning filmografiyasi 7 ta filmni o‘z ichiga oladi, ularning deyarli barchasida qiz asosiy rollarni o‘ynaydi.

"Biz har doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz. Bundan tashqari, rejalarimiz ham bir-biriga mos keladi, chunki birgalikda hamma narsaga erishish har doim osonroq bo‘lgan. Aras va O‘rchunning jiyani ekanimdan faxrlanaman", — deydi Miray.

Gezde Xo‘jao‘g‘lu va Rizo Xo‘jao‘g‘lu

38 yoshli Gezde “Malikam, endi qara”, “Uqubat” va “Chuqur” filmlarida ishtirok etgan. Uning o‘zidan 7 yosh katta akasini esa “Kara amaki”, “Tuzoq”, “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling”, “Chuqur” seriallari orqali taniymiz.

Rizoning so‘zlariga ko‘ra, singlisi iste’dod bo‘yicha undan o‘zib ketadi.

"U mendan yaxshiroq rol o‘ynaydi. Mendan maslahat so‘rab kelgan har bir kishiga Gezdaga borishni tavsiya qilaman. Singlim yo ularni loyihaga jalb qiladi yoki qandaydir tarzda ularga yordam beradi", — deydi aktyor.

Vahide Perchin va Alize Gerdum

49 yoshida Vahide “Muhtasham yuz yil” serialida Xurram sulton rolini ijro etgan. Qizi Alize ham u bilan birga filmda suratga tushgan — u sultonning nabirasi Nargizshoh rolini o‘ynagan.

"Alizening ijrosini boshqalar baholasin, men uni baholay olmayman. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. U aktrisa bo‘lish uchun ta’lim oldi. Bu endi uning ishi. Bu haqda tomoshabinning o‘zi qaror qiladi", — deydi Vahide Perchin intervyusida.

Alize Perchin tasviriy san’at fakultetini tamomlagan va uning filmografiyasi 15 dan ortiq loyihalarni o‘z ichiga oladi.

Aytgancha, 30 yoshli Alize Istanbuldagi Okan universitetini, so‘ngra Amerika kino aktyorligi akademiyasini bitirgan. Ona-bola “Birinchi muhabbat” (2006), “Zefir” (2010) va “Mening onam” (2016-2017) seriallarida birga rol o‘ynagan.

Savas Alp Bashar va Lale Bashar

Savas Alp Bashar — 28 yoshli aktyor, Lale va Kamol Basharning o‘g‘li, aktrisa (“Mening ismim Farah”, “Xatolik”, “Haqiqat” va boshqa filmlarda rol ijro etgan) va teatr rejissyori, drama o‘qituvchisi. Ijodga bo‘lgan muhabbat Savas Alpga onasidan o‘tadi, shuning uchun u ota-onasining izidan boradi va 2013 yilda teleseriallarda rol o‘ynay boshlaydi.

U Yaman Efe Gyurol rolini o‘ynagan “Sevgi yolg‘onni sevadi” yoki bosh qahramonning ukasi rolini ijro etgan “Hali ham umidim bor” loyihalari tufayli taniladi. Hozirda kichik Bashar “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling” (2020-2021) va “Hujumchi” (2021) seriallaridagi roli bilan maqtanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O'zaro qarindosh bo‘lgan turk aktyorlari (foto)