15:18 / 07.06.2024
84

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi
Foto: Kinematografiya agentligi
Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xabar qildi.

U 2017 yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Shuhrat Rizayev 1958 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida faoliyat yuritgan.

2017 yilda Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2021 yilda esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Kinematografiya agentligining avvalgi rahbari Firdavs Abduxoliqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlandi. Markazga 2017 yil 17 iyuldan direktorlik qilib kelgan Shoazim Minovarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi