Foto: Dzen
Dunyoning turli burchaklarida minglab muxlislariga ega bo‘lgan Bollivud qiroli Shohrux Xon Hindistondagi eng mashhur va badavlat aktyorlardan biridir. U “Mening ismim Xon”, “O‘tkinchi dunyo”, “Devdas”, “Vir va Zara” va boshqa filmlardagi ajoyib rollari bilan millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan.
Hindistonlik serqirra ijodkor o‘z faoliyati davomida ulkan muvaffaqiyatga erishgan bir nechta loyihalarda ishtirok etishdan bosh tortgan. Bugun aktyor Shohrux Xon tomonidan rad etilgan qator filmlarni yodga olamiz.
“Birodar Munna: baxt sotuvchisi”
Foto: Dzen
2006 yilda rejissyor Rajumar Xirani tomonidan suratga olingan “Birodar Munna: baxt sotuvchisi” filmidagi bosh rol uchun Shohrux Xon taklif qilingan, biroq u turli sabablarga ko‘ra, jumladan, umurtqa pog‘onasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani uchun taklifni rad etgan. Oxir-oqibat bosh qahramonni Sanjay Datt gavdalantirdi va komediya katta muvaffaqiyatga erishdi.
“Lagaan: bir kuni Hindistonda”
Foto: Dzen
Rejissyor Ashutosh Govariker Shohrux Xonga “Lagaan: bir kuni Hindistonda” tarixiy dramasida Bhuvan rolini taklif qildi. Biroq aktyorning ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgani sababli loyihada ishtirok eta olmadi. Uning o‘rniga Amir Xon bosh rolni ijro etdi va film tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi va hatto “Oskar” mukofotiga nomzodlikka chiqdi.
“Shafran rangi”
Foto: Dzen
Shohrux Xonga “Shafran rangi” filmida leytenant Ajay Ratod rolini taklif qilishgan, biroq bu safar ham aktyorning suratga tushish jadvali juda band bo‘lgani uchun rad javobini bergan. Shu sababli mazkur rol Madxavanga topshirildi va u o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi.
“Jodha va Akbar”
Foto: Dzen
Rejissyor Ashutosh Govariker dastlab Shohrux Xonni tarixiy eposda imperator Akbar obrazida ko‘rdi, biroq aktyor bu roldan voz kechdi, chunki filmni suratga olish ishlari Shohrux Xon uyidan juda uzoqda joylashgan edi. Shuning uchun u oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni tanladi. Imperator roli Ritik Roshanga berildi.
“Yo‘lbars”
Foto: Dzen
Shohrux Xonga dastlab “Yo‘lbars” nomli jangovar filmda bosh rolni taklif qilishdi, ammo u rejissyor bilan ijodiy kelishmovchiliklar va vaqt bilan bog‘liq muammolari tufayli Yo‘lbars laqabli maxsus agent rolini o‘ynashdan bosh tortdi. So‘ng mazkur rol mashhur Bollivud aktyori Salmon Xonga nasib etdi. Natijada film muvaffaqiyat qozonib, josuslar haqidagi franshizaning keyingi qismlari ham suratga olindi.
“Sevishingni ayt”
Foto: Dzen
Ushbu melodrama uchun avval Rohit roliga Shohrux Xon ko‘rib chiqilgan, so‘ng noma’lum sabablarga ko‘ra aktyor loyiha taklifini rad etgan va uning o‘rniga Ritik Roshan filmda ishtirok etgan. “Sevishingni ayt” filmi Ritikning debyuti bo‘lib, yosh aktyorga loyiha ilk mashhurlikni keltirgan.
“Xarobadan chiqqan millioner”
Foto: Dzen
2008 yil namoyish etilgan, rejissyor Denni Boylning “Xarobadan chiqqan millioner” filmi ko‘p fursat o‘tmasdanoq dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Rejissyor dastlab Shohrux Xonga “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” ko‘rsatuvining boshlovchisi rolini o‘ynash uchun murojaat qildi, lekin o‘ta band aktyor bu taklifni ham rad etdi va boshlovchi obrazi Anil Kapurga topshirildi.
“Robot”
Foto: Dzen
Rejissyor Shanmugam “Robot” nomli ilmiy-fantastik filmdagi bosh qahramon rolini Shohrux Xonga taklif qildi. Ma’lum muddatdan so‘ng rejissyor va aktyor o‘rtasidagi ijodiy kelishmovchiliklar tufayli muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. So‘ng loyihaga aktyor Rajinikant taklif etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi